I. Siyosatshunoslik
1.1. Biz haqimizda
Markaziy Osiyodagi uzoq tarixga ega universitet sifatida Buxoro davlat universiteti 95 yillik uzluksiz faoliyati bilan faxrlanadi. U akademik va tashkiliy boshqaruv hamda moliyaviy mustaqil muassasa boʻlib, universitet (uning departamentlari, boʻlimlari, kafedra va fakultetlari) hamda akademik liseydan tashkil topgan.
Ijtimoiy-siyosiy fanlaro kafedrasi Buxoro davlat universiteti tarkibidagi yetakchi ta'lim va ilmiy markazlardan biri boʻlib, siyosatshunoslik, ijtimoiy ish hamda sosiologiya yoʻnalishlarida bakalavr va magistratura darajasidagi ta'lim dasturlarini taklif etadi. Ta'lim jarayoni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida, oʻzbek va xorijiy tillarda olib boriladi.
Kafedra dasturlari talabalarda zamonaviy dunyoning dolzarb muammolarini tahlil qilish va yechim topish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Jumladan, mintaqaviy va global xavfsizlik, siyosiy jarayonlar, iqtisodiy rivojlanish, energetika siyosati hamda geosiyosiy masalalar chuqur oʻrganiladi. Talabalar siyosiy nazariya, qiyosiy siyosat, xalqaro munosabatlar nazariyasi va institusional tahlil kabi asosiy fanlar boʻyicha puxta bilimga ega boʻladilar.
Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar respublika va xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassislar boʻlib, ular ilmiy tadqiqotlar va oʻquv jarayonini uzviy bogʻlab olib boradilar. Ularning ilmiy va amaliy tajribasi talabalarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va ilmiy izlanish koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, kafedra doirasida turli ilmiy seminarlar, davra suhbatlari, mehmon ma'ruzalar va amaliy mashgʻulotlar muntazam tashkil etiladi. Bu esa talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirish hamda zamonaviy siyosiy jarayonlarni chuqur anglash imkonini yaratadi.
Talabalar uchun axborot va maslahat xizmati.
Universitet Registrar ofis axborot markazi quyidagi yoʻnalishlarda yordam koʻrsatadi:
📍 Manzil: Buxoro davlat universiteti, Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi.
🕘 Ish vaqti: Dushanba–Juma, 09:00–17:00
📞 Telefon: +998 (65) 221-26-62
📧 Email: polit.buxdu.uz
🌐 Veb-sayt: https://politstudies.uz
Converted to HTML with WordToHTML.net | Document Converter for Windows